O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

Ota-onalarga tavsiya

Ota-onalarga xalq ta`lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ma`lumotlar 


OTA-ONALARGA TAVSIYA
    Hurmatli ota-onalar! “Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan mamlakat barqarordir”. Darhaqiqat, har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oilaning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari ilk bor oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Ota-onaga hurmat, ular oldida umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlar oila muhitida shakllanadi.
    Ko‘rinib turibdiki, oilaviy tarbiya masalasida jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo, har qaysi xonadondagi ma’naviy muhitni o‘zaro hurmat, odob-axloq, insoniy munosabatlar asosiga qurish lozim bo‘ladi. Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish bilan bolalarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, ahloq-odob, yuksak ma’naviyat negizida parvarishlab, o‘z iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari asosida bo‘lg‘usi kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish oilada ota-onaning muhim burchi ekanligini unutib qo‘ymang.
    Ushbu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning insoniy burchimizga aylanishi zarur.
    Yuqoridagi fikrlar asosida bolalarning jismoniy sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lishlari uchun oilada quyidagilarga amal qilishingiz lozim deb hisoblaymiz:
• oilada farzandni komil inson qilib tarbiyalashda yetarli bilim darajaga ega bo‘lishingiz;
• farzandlaringizni barcha xatti-harakatlari uchun ta’lim muassasalari va mahalla oldidagi javobgarlikni his qilishingiz;
• oilada farzand shaxsiga e’tibor va hurmat bilan yon