O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

Yutuqlar

Dehqonobodlik o'quvchilar “An-Nasafiy izdoshlari” olimpiadasida g’oliblikni qo'lga kiritishdi

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deb e’lon qilganliklari va ilm-fan va ta’limga katta e’tibor berayotganlari, qolaversa, mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish maqsadida, yangi tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali huzuridagi akademik litseyda muntazam ravishda “An-Nasafiy izdoshlari” olimpiadasi tashkil etilmoqda va 2020 yilning 5-may kuni o’tkazilgan umumiy o’rta ta’lim maktablari 9-sinf o’quvchilari o’rtasida bir nafar eng iqtidorli va bilimli o’quvchi fizika fani bo’yicha bilimlar bellashuviga Dehqonobod tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining 9-B sinf  o‘quvchisi  Ne‘matov Jo‘rabek  ishtirok etdi va g’oliblikni qo‘lga kiritdi.