Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

Tadbirlar

Tomorqadan samarali va unumli foydalanish koni foyda

#UYDA QOLING,  #BIZ BIRMIZ, QALBAN BIRGAMIZ, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanidagi 59-maktabning 5-"A"sinf o‘quvchisi EHMAHMATOVA O‘G‘ILOY karantin davrida uyda qolib tomorqasidagi bog‘da bo‘sh vaqtlarida uydagilarga ko‘maklashmoqda, yerdan ham unumli foydalanishga, tomorqasidagi mavjud ekin maydonidan unumli foydalanmoqda. 
Aziz Yurtdoshlarim sizam uyda qolib,o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asgang!
Ota-bobolarimiz bir qarich yerdan ham unumli foydalanishga, bogʻ-rogʻlar yaratishga alohida eʼtibor qaratishgan.

Kuni kecha Prezidentimiz raisligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ham bu haqda alohida toʻxtalib oʻtildi.

Yigʻilishda davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ichki talabni toʻliq taʼminlash, aholi daromadlari va farovonligini oshirish uchun katta rezerv va imkoniyatlar mavjudligini taʼkidlagan holda barcha fermer, klaster, dehqonlar karantin qoidalariga amal qilgan holda oʻz dalasida, aholi esa tomorqasida bahorgi ekish ishlarini davom ettirishi kerakligini, aks holda ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash qiyin boʻlishi hammaga ayon ekanligini aytib oʻtdi.

Prezidentimiz bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olib, barcha tomorqalarda 2-3-marta ekin ekish va qoʻshimcha hosil olish birinchi darajali vazifa boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Hozirgi sinovli davrda tomorqa yerlariga ekin ekmaslik, qarovsiz tashlab qoʻyish, yurtga va yerga nisbatan xiyonat, deb baholanishi kerak.

Shuning uchun tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalari rasman ogohlantirilishi, undan keyin ham ekin ekmaganlarga yer soligʻi oshirilgan stavkada qoʻllanilishi maʼlum qilindi.

Albatta, zaminimiz serhosil. Tuproq-iqlim sharoiti toʻrt faslda ham sabzavot ekinlari yetishtirish uchun gʻoyat qulay hisoblanadi. Yerga tayoq qadasang koʻkaradi. Mavjud yerda mehnat qilib, piyoz, sabzi, kartoshka, sarimsoqpiyoz yoki turli koʻkatlarni ekib, roʻzgʻorda foydalanish koni foyda. Aslida bular, faqatgina oziq-ovqat mahsuloti boʻlmay, inson salomatligi uchun ham foydali sabzavotlar hisoblanadi. Qolaversa, jismoniy faollik, bundan tashqari, tomorqaning obod boʻlishi, natijada qoʻshimcha daromad degani-ku! Tomorqadan samarali va unumli foydalanib, yil davomida bir necha marotaba hosil olish imkoni mavjud. Shunday ekan, har bir tomorqa egasi mavjud ekin maydonidan unumli foydalansa, foydadan xoli boʻlmaydi.
23.04.2020-yil